Allamjonov aybdor - страница 32

Шрифт
Интервал


Xodimlar shefning tugʻilgan kuniga syurpriz tayyorlashibdi. «Soliq-info» gazetasining maxsus menga atalgan sonini bittagina nusxada, lekin xuddi rostakam gazetaga oʻxshatib, maxsus qogʻozda chiqarmoqchi boʻlishibdi. Tipografiyadan: «Ofsetni bir nusxada bosmadan chiqarib boʻlmaydi, kamida ming nusxa boʻlishi kerak», – degan javob kelgan. Mingta boʻlsa, mingta-da. Qolganini oʻzimiznikilarga tarqatamiz, esdalik boʻlib qoladi, undanam ortsa, omborda joy koʻp… Qoʻl ostimdagilar oʻrtaga pul tashlab, maxsus sonni chop etishgan. Birinchi betda kattakon suratim, tagida sarlavha: «2017-yil: Komil Allamjonov hayotida nimalar sodir boʻldi?» Gazeta sahifalari boshidan oxirigacha oʻttiz uch yoshimgacha erishgan yutuqlarim bilan toʻldirilgan.