LaTeX ga kirish. Darslik - страница 25

Шрифт
Интервал


Zarur bo‘lsa, shiriftni aniq ko‘rstish ham mumkin:

buyruq \textit – kursiv (odatda matnda \textit {slovo}, emph {slovo} dan farqlanmaydi);

buyruq \textsl – qiya shrift (qiya va kursiv shriftlar farqiga e’tibor bering);

buyruq \textbf – qalin shrift;

buyruq \texttt – qo‘l mashinkasi shrifti.

Qo‘l mashinkasi shriftida barcha harflar bir xil kenglikka ega (ko‘pincha kompyuter ekranida bo‘lgani kabi) va shuning uchun u ko‘pincha operatsion tizimning dasturlari, buyruqlari va xabarlarini ifodalash uchun ishlatiladi. Ushbu kitobda ushbu shrift matnli manba matnlariga ishlatiladi. Sans-serif shriftini olish uchun \ textsf buyrug‘idan foydalaning. Kichik harflarni katta harflar tushirilgan «capital» shriftida \ textbssc buyrug‘i yordamida olish mumkin. Bu ikki shrift odatda matnda ajratish uchun emas, balki, to‘plamlar uchun raqamlar va jadvallar va boshqalarga ishlatiladi.

Bu yerda, barcha umumiy shrift kommutatsiya buyruqlar uchun qo‘llaniladi. Shuningdek, \textup buyrug‘i ham mavjud bo‘lib, uning argumentini to‘g‘ri shriftda (slanted yoki kursiv matn ichida) tiplaydi; ko‘pincha tinish belgilarini (qavs va h.k. yozish uchun ishlatiladi.) to‘g‘ri shriftda ishlatiladi.

Misol :

\documentclass {article}

\usepackage [T2A] {fontenc}

\usepackage [russian] {babel}

\begin {document}

\textit {Функция билан $f (x) $

\textup {(} функция киймати

$f$ нуктада $x$\textup {)}

Тўғри қавларни қўллаш яхшироқ

(курсивларни эмас)}.

\end {document}

Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:



O«lchamini o‘zgartirish buyruqlari (printer «o‘lchami» deyiladi) jadvalda ko‘rsatilgan. Bu buyruq (argumentlarsiz) shrift o‘lchamini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan joyga joylashtiriladi va o‘lcham yana o‘zgartirilguncha yoki guruh tugaguncha amal qiladi.



Misol:

\documentclass {article}

\usepackage [T2A] {fontenc}

\usepackage [russian] {babel}

\begin {document}

Олдиндан Эйнштейн томонидан киритилган.

\LARGE математик ифода

\end {document}

Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:



E’tibor qarating: \LARGE buyrug’i o‘zidan keyingi matnga ta’sir ko‘rsatadi. U shrift o‘lchamini karrali ortiradi.

\large, \small va shunga o‘xshash buyruqlar bilan belgilangan shriftlarning haqiqiy hajmi hujjat sinfi va sinf variantlariga bog‘liq. Asosiy shrift o‘lchami 12 bo‘lgan standart sinflarda