LaTeX ga kirish. Darslik - страница 31

Шрифт
Интервал


yoki \clearpage -dan keyin darhol berish to‘g‘ri.

Nazorat savollari

1. \pagestyle buyrug’ini vazifasi nima?

2. empty argument nimani belgilaydi?

3. \newpage buyrug’i vazifasi nima?

4. \pagenumbering buyrug’i argumentlarini sanab bering.

Topshiriqlar

Quydagi mundarijani:

1. «11. Murakkab formulalar. …………………….………….…………128

11.1. Formulalarni raqamlash ………………………………….….……128

11.2. Formulalarda o‘tkazish (yangi qatorga) ………………..….…130

11.3. Formulalarda shriftni o‘zgartirish ………………..……….……132

11.4. Matnni formulalarga qo‘shish ………………………………..136»

saxifalarni arabic, roman, Roman, alph, Alph argumentlar orqali turlich raqamlar bilan belgilangan xolatda chop etilishini tashkil etuvchi hujjat tashkil eting.

5. Xoshiyalar (polyalar), sahifa hajmi va boshqalar

LaTeX hujjatlar sinfi sahifa kengligi va balandligi, chekka joylar va boshqalar kabi parametrlarning qiymatlarini oldindan belgilaydi (qog‘oz o‘lchamini belgilaydigan variantni hisobga olgan holda).Конец формы

5.1. Kengligi

Sahifadagi matnning kengligi \textwidth buyrug’i parametri bilan o‘rnatiladi; agar ikkita ustunda yozilsa, u holda \textwidth ikkala ustunning kengligi va ular orasidagi bo‘shliqni o‘z ichiga oladi. Agar siz xohlasangiz kenglikni sahifadagi matn santimetr uzunlikda belgilashingiz mumkin, u preambulmda shunday yoziladi:

\textwidth = 7 см

Matnning kengligini o‘zgartirganda, ko‘pincha chekkalarni o‘zgartirishingiz kerak. Chap chekka va \textwidth belgilanadi, o‘ng chekka avtomatik ravishda aniqlanadi. Chap hoshiya qanday belgilanishi uslublar to‘plami «ikki tomonlama» yoki «bir tomonlama» chop etish bor yo‘qligiga bog‘liq. Ikki tomonlama chop etishda toq va juft sonli sahifalarda chekkalarni turlicha qoldiradi. article va report hujjatlari sinflarida to‘plam sukut bo‘yicha bir tomonlama bo‘ladi, lekin agar siz ikki tomonlama uslubni belgilasangiz, u ikki tomonlama bo‘ladi. book klassi sukut bo‘yicha ikki tomonlama, lekin siz uni bir tomonlama uslub variantini belgilash orqali uni bir tomonlama qilishingiz mumkin.

Bir tomonlama yozish uchun chap chegaraning qiymati \oddsidemargin parametri bilan belgilanadi. Bunday holda, maydon eng chekkasidan hisoblanmaydi. Saxifa bir dyumli dastlabki qoldirishdan boshlanadi.

Shunday qilib, agar siz quyidagicha yozsangiz:

Конец формы

\oddsidemargin=0pt