4 – bobda Arduino platasi bilan ishlovchi o‘ndan ortiq loyihalarning sxemasi, butlovchi jihoz va radiodetalar, programmani yuklash hamda ishlatish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
4.1-rasmda loyiha sxemasini yig‘ish, programma yozish va yuklash jarayoni ko’rsatilgan.
4.1-rasm. Sxemani yig‘ing, programma yozing va yuklang
4.1. ARDUINO VA MILTILLOVCHI SVETODIOD
LED inglizchasiga (light-emitting diodes) bo‘lib, o‘zbekchasiga yorug‘lik diodi, ko‘plab qurilmalarda qo‘llaniladi. Arduino UNO asosida birinchi miltillovchi yorug‘lik diodi asosida tajribani ko‘rib chiqamiz. Ko‘p loyihalarni bajarish mumkin bo‘lgan Arduino UNO platasida yorug‘lik diodini vaqt bo‘yicha miltillashini tajribada bajaramiz. Tajriba uchun detallarni tanlaymiz va ishga kirishamiz. 4.2, 4.3, 4.4, 4.5 – rasmlarda birinchi tajribaning prinsipial sxemasi, radiodetallarning joylashishi, sxemaga detallarni ulanishi keltirilgan.
4.2-rasm. Birinchi tajribaning prinsipial sxemasi
4.3-rasm. Birinchi tajriba uchun radiodetallar
4.4-rasm. Birinchi sxemada radiodetallarning joylashishi
4.5-rasm. Birinchi sxemaga detallarni ulanishi
Birinchi tajriba uchun programma:
pinMode (13, OUTPUT);
Portlarning biridan foydalanish uchun Arduinga INPUT (kirish) yoki OUTPUT (chiqish) ni e’lon qilishda pinMode () funksiyasidan foydalanamiz.