5.1.rasm. COM portni tanlash
Yordamchi dasturni ochish uchun Arduino IDE-ning yuqori o`ng burchagidagi belgini bosishingiz kerak, Ctrl + Shift + M tugmalar birikmasidan foydalaning yoki menyu panelidan tanlang: Tools (Инструменты) -> Serial Monitor (Monitor porta). Arduino uchun Monitor port tezligi 9600 bit/s ga o`rnatiladi, shuning uchun ko`plab dasturlarda bu tezlikdan foydalanadi. Agar dasturda va port monitor sozlamalarida ma`lumotlarni uzatish tezligi boshqacha bo`lsa, unda barcha ma`lumotlar ierogliflar (so`zlar ma`nosini raqamlar va belgilar bilan ifodalaydigan yozuv turi) ko`rinishida ko`rsatiladi.
5.2. Monitor portga matnni qabul qilish va yuborish
Yordamchi dastur bilan ishlash uchun quyidagi buyruqlardan foydalaning: Serial.begin (); – buyruq ketma-ket portni ishga tushiradi
Serial. end (); – ketma-ket portni to`xtatadi va tozalaydi
Serial.print (); – ma`lumotlarni ketma-ket portga yuboradi
Serial.println (); – ushbu buyruqdan keying ma`lumot keyingi satrdan boshlanadi
Serial.read (); – ketma-ket portdan ma`lumotlarni qabul qiladi
Serial.parseInt (); – port monitoridan katta raqamlarni o`qish
5.3. Serial.begin () – buyruq
Arduino IDEda Monitor portni quyidagicha ochiladi:
5.2.rasm. Monitor portni ochish
5.3.rasm. Monitor portni chiqish oynasi
Ma`lumotlarni Monitor portga chiqarish uchun birinchi Arduino bilan kompyuter o`rtasida aloqa o`rnatish kerak. Buning uchun void setup () ning ichiga Serial.begin () buyrug`ini yozishimiz kerak.
Serial.begin () —bu Arduino bilan biror qurilma o`rtasida aloqa o`rnatish uchun xizmat qiladigan buyruq.
5.4-rasm. Serial.begin () Arduino bilan qurilma o`rtasida aloqa o`rnatish uchun xizmat qiladigan buyruq.
Serial.begin () ichida yozilgan «9600» ma`lumot almashish tezligi bo`lib, u 1sekundda 9600 bit ma`lumot almashishini bildiradi. Bundan tashqari malumot almashish tezliklarining boshqa qiymatlari 300, 1200, 2400, 4800, 9600, 19200, 115200 va hokazo mavjud (5.5-rasm).
Arduino va kompyuter uchun eng ko`p ishlatiladigan malumot almashish tezlik 9600 hisoblanadi. Qolaversa ko`plab qurilmalar ham 9600 tezilik bilan ma`lumot almashadi.
Monitor portga malumot chiqarilganda Serial.begin () da berilgan tezlik bilan monitor portning tezligi bir xil bo`lish kerak aks xolda malumotlar to`liq yetib kelmasligi yoki umuman kelmasligi mumkin.