Ø Pro Min i— Pro platformai singani, tajribali qo‘llanuvchilar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, uning narxi arzon, o‘lchami kichik va qo‘shimcha funksiyalari mavjud.
2.1.1. Pro Mini Arduinosi
2.1-rasm. Pro Mini Arduino platasi
Pro Mini Arduinosi (2.1-rasm) ATmega168 mikrokontrolleri asosida tayyorlangan.
2.1-jadvalda Pro Mini Arduino platasinig xarakteristikalari keltirilgan.
Arduino ProMiniFTD Ikabel orqali ta’minlanadi, yoki VCC chiqish orqali
3,3 Volt yoki 5V kuchlanish bilan va RAW chiqishi boshqarilmaydigan manba orqali taminlanadi.
Ø RAW – boshqarilmaydigan kuchlanish orqali ulash;
Ø VCC -3,3 V yoki 5V boshqariladigan kuchlanishni ulash;
Ø GND – yrga ulash chiqishlari.
Nano platformasi (2.2-rasm), ATmega 328 (Arduino Nano 3.0) yoki ATmega168 (Arduino Nano2.x) mikrokontrolleri asosida tuzilgan, bo‘lib kichik o‘lchamga ega bo’lib u laboratoriya ishlarida qo‘llaniladi.
2.2-rasm. Nano Arduino platasi
Nano Arduino platasi kompyuterga ulangan USB Mini orqali kuchlanish oladi yoki boshqariluvchi 5V, tashqi ta’minlash manbasidan oladi. Yuqori kuchlanshli manba avtomatik tanlanadi.
Nano Arduino platasining xarakteristikalari 2.2.jadvalda keltirilgan.
2.3-rasm. ArduinoUNO (DIP) platasi
UNO Arduino platformasi ATmega328 (2.3-rasm) mikrokontrolleri asosida tuzilgan. Kompyuter bilan aloqa qilish uchun FTDI USB mikrokontroller USB orqali ulanadi. Yangi UNO Arduinosida ATmega8U2 mikrokontrollerdan foydalaniladi.
Arduino UNO platasining xarakteristikalari 2.3-jadvalda keltirilgan.
Mega Arduinosi Atmega2560 (2.4-rasm) mikrokontrolleri asosida tuzilgan.
2.4-rasm. Mega Arduino platasi
Mega Arduino platasining xarakteristikalari 2.4-jadvalda keltirilgan.