Robototexnikadan boshlang’ich bilimlar. O’quv qo’llanma - страница 8

Шрифт
Интервал


PWM signalini chiqarish uchun analogWrite (pin, qiymat) funksiyasidan foydalaniladi. Qiymat =0 bo`lsa, signal har doim o`chirilgan bo`ladi. Qachonki qiymat=255 bo`lsa, signal har doim yoqilgan bo`ladi. PWM funksiyasi ko`plab Arduino platalarida 3, 5, 6, 9, 10 va 11-pinlarda ishlaydi. Ko`pgina pinlarda PWM signalining chastotasi taxminan 490 Gers ni tashkil qiladi. UNO va shunga o`xshash platalarda 5 va 6-pinlar taxminan 980 Gers chastotaga ega. Analog kirish qiymatini kerakli qurilmalar qiymatlariga moslashtirish uchun quyidagi funktsiyadan foydalanishingiz mumkin: map (qiymat, pastdan, yuqoridan, pastga, yuqoriga). Bu 0 dan 1023 gacha bo`lgan PWM chiqish signaligacha yani 0—255 oralig`ida bo`ladi. Bu funksiya beshta parametrga ega, birinchisi analog qiymat o`zgaruvchisidir, qolganlari esa mos ravishda 0, 1023, 0 va 255.

3.3.Arduino UNOda PWM, analog, raqamli pinlar

PWM (PWM) pinlarlari (Analog chiqish) 3, 5, 6, 9, 10, 11.

Analog pinlarlari (Analog kirish/chiqish) A0, A1, A2, A3, A4, A5.

Raqamli pinlarlari (Raqamli kirish/chiqish) 0 dan 13 gacha barcha portlar, foydalanish mumkin:

A0 – A5 gacha Analog pinlarlari raqamli pin sifatida ishlatiladi, agar umumiy maqsadli portlar yetarli bo`lmasa, masalan, plataga 15 ta svetodiodni ulashni xohlasangiz. Bundan tashqari, Arduino UNO va Nano platalarida A4 va A5 portlari I2C protokoli (SDA va SCL pinlari) uchun ishlatiladi – ular A4 va A5 pinlari bilan parallel ishlaydi.

Agar chiqish kuchlanishini tartibga solmoqchi bo`lsangiz, "~" belgisi bilan belgilangan pinlarni ishlatishingiz kerak. Arduino UNO uchun bular 3, 5, 6, 9, 10, 11. Analog portlar yordamida 0 dan 5 voltgacha bo`lgan har qanday kuchlanishni chiqarish mumkin va raqamli chiqishlarni faqat yoqish va o`chirish mumkin. Analog portlar PWM (pulse-width modulation), o`zbek tilida IKM (impuls kengligi modulyatsiyasi), rus tilida (широтно-импульсная модуляция) dan foydalanadi, bu analog signalni simulyatsiya qiladi.

Arduinoda analog pinlarni raqamli sifatida ishlatish

Ko`p qurilmalarni ulashda umumiy maqsadli pinlar etarli bo`lmasligi mumkin. Bunda dasturda analog pinlarni raqamli pinlar sifatida ishlatish mumkin.

void setup () {

pinMode (A3, OUTPUT); //A3 pinini raqamli chiqish sifatida e`lon qilish

}

Raqamli signal va analog signal o`rtasidagi farqni tushunish uchun, LED va rezistorli sxemani amaliyot taxtasida o`rnating. Analog chiqishni