LaTeX ga kirish. Darslik - страница 11

Шрифт
Интервал


Buyruq ta’sir doirasini belgilash uchun «gruppa» tushinchasi kiritilgan. U yordamida matn tarkibidagi buyruq ta’sir zonasi belgilanadi. Hozir gruppa kiritilmagan xoldagi misolni ko‘ramiz:

\documentclass {article}

\usepackage [T2A] {fontenc} %% 2 кучириш сиз шрифт киритиш

\usepackage [russian] {babel} %% 3 ингилиз матнида рус шрифтини кушиш

\begin {document}

Ярим қора бошланади

\bfseries сўз билан.

Яна \mdseries ўз холида,

хозир \slshape қияланган,

янги ўзгартирилгинча;

яна \upshape тўғри.

\end {document}

Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:



E’tibor qarating:

1. buyruq \bfseries matn shriftini qalin shriftga o‘tkazadi, buyruq \mdseries qalin shriftni bekor qiladi.

2. buyruq \slshape matn shriftini qiya shriftga o‘tkazadi, buyruq

\upshape qiya shriftni bekor qiladi.

Gruppani qo‘llanishi hujjatda matnlar sonini qaytiradi. Misol:

\documentclass {article}

\usepackage [T2A] {fontenc} %% 2 кучириш сиз шрифт киритиш

\usepackage [russian] {babel} %% 3 ингилиз матнида рус шрифтини кушиш

\begin {document}

Ярим қорайтирилган шрифт терилган

фақат {\bfseries бу}

сўз; қавсдан кейин хаммаси

олдингидек кетади.

\end {document}

Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:



Yarim qoraytirilgan shrift bilan faqat «бу» so‘zi yozilib, undan keyingilari joriy shrif bilan yozilgan.

E’tibor qarating, bu holatda {\bfseries (Yarim qoraytirilgan shrift) bu} faqat « бу» so‘ziga ta’sir etadi. Figurali qavs buyruqni ta’sir doirasini belgilaydi. U hech qanday matnga qo‘shilmaydi, faqat buyruq ta’sir doirasini ko‘rsatadi.

Misol:

\documentclass {article}

\usepackage [T2A] {fontenc} %% 2 кучириш сиз шрифт киритиш

\usepackage [russian] {babel} %% 3 ингилиз матнида рус шрифтини кушиш

\begin {document}

Бошида {ширифни ўтказамиз

\itshape курсивга;

Кейин шрифни яна

ва {\bfseries ярим қорайтирилган;}

кўринг, қандай тикланади

} шрифт

охирида кон {ца г} руппани.

\end {document}

Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:



E’tibor qarating, oldin shriftni kursiv shriftga o‘tkazamiz, keyin shriftni yana qalin shiriftga o‘tkazamiz. Keyin shriftni joriy holatga qaytaramiz. Gruppada faqat «yarim qoraytirilgan;» so‘zi ko‘rsatilgan, shuning uchun faqat «yarim qoraytirilgan;» so‘zigina qalin shrift bilan almashtirilgan.