LaTeX ga kirish. Darslik - страница 13

Шрифт
Интервал


\begin {document}

Олдин {шрифтни ўтказамиз

\itshape курсив;

Кейин шрифтни яна ўзгартирамиз

ва {\bfseries ярим қорайтирилган;}

кузатинг, қандай тикланишини

} шрифт

кейин охири {да г} руппа.

Олдинги холатда бўлади.

\end {document}

Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:



E’tibor qarating, programma matnni 12 kegl shrift bilan betda ikkita kolonka qilib chiqarmoqda (ikkinchi kolonka joyi turibdi).

Nazorat savollari

1. 12 kegl nimani anglatadi?

2. Buyruq argumenti qanday bo’lishi mumkin?

3. Majburiy argument buyruqda qanday ko’rsatiladi?

4. Majburiy bo’lmagan argument buyruqda qanday ko’rsatiladi?

Topshiriqlar

1. «Axborot texnalogiyalari zamon talablari asosida jadal rivojlanmoqda. Bu o’z navbatida zamonni rivojlanishiga olib kelmoqda» matnini shrift o’lchamlarini o’zgartirib chop etilishini tashkil eting.

2. Kiritilgan matn so’zlarini turli o’lchamli va o’lchamli shriflarda chop etishni tashkil eting.

3. Kiritilgan matn so’zlarini turli o’lchamli shriflarda chop etishni gruppalashdan foydalanib tashkil eting.

4. Kiritilgan matn so’zlarini turli o’lchamli shriflarda chop etishni tashkil etishda probellarni boshqarish mexanizimini o’rganing.

3. Hujjat stili

3.1. Hujjat asosiy buyruqlari


\documentclass {article}

Bu buyruq majburiy buyruq hisoblanib, har qanday LaTeX dagi hujjat (dastur) shu buyruq bilan boshlanadi. Buyruq kiritilayotgan hujjut sinfini belgilaydi. Bizni xolatda hujjat sinfi «article» (maqola).

LaTeX buyruqlarida «majburiy (объязательный) ” va «majburiy bo’lmagan (не объязательный) ” argumentlar ishtirok etishi mumkin. Majburiy argument ko‘rsatilishi shart bo‘lgan argument hisoblanib, agar ko‘rsatilmasa tizim xatolik ko‘rsatadi. Majburiy bo‘lmagan argumentdan zarur xolatlarda foydalaniladi. Shuning uchun u ko‘rsatilmasa tizim xatolik bermaydi.

Buyruqni umumiy tarkibi quyidagicha:

\documentclass [options] {class} [release-date]

{class} – majburiy argument bo‘lib, hujjatni (matnni) sinfini belgilaydi. Ko‘rinib turibdiki majburiy argumentlar {} figurali qavsda ko‘rsatiladi.

Hujjatlar sinflari standart quyidagicha bo‘lishi mumkin: article (maqola), proc (ma’ruza), book (kitob), report (hisobot), letter (xat), slides (slaydlar) va boshqalar.

LaTeX kiritilishi rejalashtirilgan hujjatni sinfiga qarab oldindan tizim resurslarni rejalashtiradi (resurslardan foydalanishni).