[options] – majburiy bo‘lmagan argument bo‘lib, hujjat uchun qo‘shimcha parametrlarni kiritish uchun qo‘llaniladi. Misol uchun bizni xolatda
[cp1251] – argument hujjatda qo‘llaniladigan simvollar kodini ko‘rsatadi.
{package} – majburiy argument bo‘lib, hujjat ni qayta ishlash uchun yuklanishi zarur bo‘lgan paketni ko‘rsatadi. Bizni xolatda:
{inputenc} – paket MS Windows muhitida qo‘llaniladigan shriftlarni 1251 kodirovkasini yuklab olinishini ko‘rsatadi.
\usepackage [T2A] {fontenc} – buyruq ingiliz tilidagi hujjatga rus tilidagi matn qo‘shilishi mumkinligini ta’minlaydi. U babel paketini o‘rniga fontenc (shrift) paketini T2A parametiri bilan yuklanishini ta’minaydi.
T2A – matn xarfini ko‘chirish ta’minlanmagan kodirovkasi.
\usepackage [russian] {babel} – buyruq ingiliz tilidagi matnga rus tili matnni qo‘shish babel paketini russian qo‘shimcha bilan yuklanishini tashkil etadi.
Agar ingiliz tili va rus tili matnlari bitta hujjatda bo‘ladigan bo‘lsa buyruqni quyidagicha ifodalash mumkin:
\usepackage [russian, english] {babel}.
%% – kommentariya qatorini belgilaydi. Shu belgidan keyingi kiritilgan matn kompanovka vaqtida hisobga olinmaydi. U kommentariya vazifasini o‘taydi.
\begin {document} – buyrug’i hujjatdagi matn muhitini (doirasini) boshlanishini belgilaydi.
\end {document} – buyrug’i hujjatdagi matn muhitini tugashini belgilaydi.
Keltirilgan muxitdan tashqarida kiritilgan matnlarni kompanovshik hisobga olmaydi va u to‘g‘risida xatolik bermasligi ham mumkin.