LaTeX ga kirish. Darslik - страница 2

Шрифт
Интервал


Darslikni tayyorlashda ingiliz va rus tilida chop etilgan adabyotlardan foydalanildi. Asosiy adabiyot sifatida. 2003 yilda chop etilgan «С. М. Львовский, Набор и вёрстка в системе L A T E X ” qo’llanmasi olindi.

LaTeX tizimi matematika, kimyo, umuman texnika yo’nlishida maqola, kitob va boshqalarni standart ko’rinishlarda ifodalash uchun yaratilgan. U matematik ifoda, formula tenglamalarni muallif tomonidan kompyuterlarda qayta ishlashni tashkil etish uchun mo’ljallangan. Tizim matn tarkibiga tasvirlarni ixtiyoriy ko’rinishda kiritish, sodda chizmalarni chizish imkoniyatini ham beradi.

Darslikni asosiy maqsadi, tizimni o’rganuvchilarga maksimal sharoit yaratish maqsadida har bir mavzu aniq misollar bilan tushintirishga yo’naltirish bo’ldi. Misollar foydalanishga tayyor bo’lib, har biri kompanovka qilinib, olingan natijalar keltirilgan. O’rganuvch keltirilgan misollarni LaTeX tizimiga kiritib, natija olishi va o’zgarishlar kiritib tizim buyruqlarini misollar asosida amaliy o’zlashtirish imkoniyatiga ega.

1. «LATEX ga kirish» fanining mazmuni, predmeti va usullari

1.1. LaTeX dan foydalanish asoslari

LaTeX matnli ma’lumotlarni chop etishga tayyorlash, matnli informatsiyalarni qayta ishlash, bir joydan ikkinchi joyga matnli informatsiyalarni o‘zgarishsiz uzatish va saqlash uchun yaratilgan tizimdir. Bu tizimni asoschisi amerikalik matematik va dasturchi Donald Knutdir (Donald E. Knuth). U bu tizimni matematika yo‘nalishidagi ilmiy maqolalarni oson kompyuterga kiritish maqsadida o‘tgan asrni 70 yillarida yaratgan. U yaratgan tizim TeX deb atalgan. Kunt tizim tilini yaratishdan tashqari u uchun translyator dasturini ham yozgan. Yaratilgan tizimda tayyorlangan matnli informatsiyalar ko‘rinishi ixtiyoriy konfiguratsiyadagi kompyuterga kiritilganda ham o‘zgarishsiz qolgan. Keyinchalik tizimni makro birlashmalarga aylantirilgan va xozirgi xolatga yetib kelgan. Biz foydalanayotgan LaTeX tizimini Lesli Lemport (Leslie Lamport) tomonidan tashkil etilgan.

Xozirda LaTeX bilan birgalikda PlainTEX, AMS-TEX kabi ilovalar ham keng foydalanilmoqda. PlainTEX – asosan murakkab matnlarni qayta ishlash va boshqa ilovalarga matnlarni o‘tkazishni yengillashtiruvchi ilova sifatida qo‘llaniladi. U ham Donald Knut tomonidan yaratilgan.

LaTeX paketi yordamida turli ko’rinishdagi maqolalar, hisobotlar, taqdimotlar, bundan tashqari butun boshli kitoblarni yozish mumkin. Unda turli matematik formulalarni yozish juda qulay, shuningdek, jadvallar yaratish, havolalar bilan ishlash, raqamli va belgili ro’yxatlar hosil qilish kabi amallar avtomatlashtirilgan. Bundan tashqari, yana boshqa qo’shimcha paketlar ham bor bo’lib, ularning yordamida hujjat yaratish birmuncha oson va qiziqarli ko’rinishga keladi.