Paketning ilk versiyasi 1984-yilda Lesli Lemport tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirgi versiyasi LaTeX>2 deb nomlangan bo’lib, 1994-yilda yaratilgan.
Ushbu paket yordamida yaratilgan fayl kengaytmasi *. tex kengaytmaga ega bo’ladi. Hozirgi kunda zamonaviy analitik sistemalar, masalan, Maple, Mathematica, Maxima yoki Reduce kabi amaliy paketlarda yaratilgan hujjatni *. tex formatga o’tkazish imkoniyati mavjud.
Umuman olganda, dastur imkoniyatlari cheklanmagan (yangi makroslarni dasturlash imkoniyati tufayli). Quyida yuklab olish mumkin bo’lgan imkoniyatlari keltirilgan:
· Hujjatni tarkibiy qismlarga ajratish;
· Xatboshi, so’zlar orasidagi bo’sh joylarni avtomatik aniqlash;
Graflar, diagramma va sxemalarni chop etish;
· Organik kimyo va Noorganik kimyoga tegishli kimyoviy formulalar va molekulyar bog’lanishlarni tasvirlash;
· Matematik formulalar, tenglamalar, tenglamalar sistemasi, operatorlarni tasvirlash;
· Bibliografiyalar hosil qilish va ularni tahrirlash;
· Formula, rasm, jadvallar uchun havolalar yaratish va tahrirlash;
· va hokazo.
Bir so‘z bilan aytganda TeX tizimi matnlarni kitoblarda qanday ko‘rinishda chop etilishi kerak bo‘lsa shu ko‘rinishda kuzatish va yuqori poligrafik sifatga erishish uchun qo‘llaniladi.
Tizimni yutuq va kamchiliklari umumlashtirilgan holda quyidagicha keltirish mumkin:
– Bu tizimda tayyorlangan matn boshqa bir kompyuter yoki boshqa operatsion tizim, redaktorga o‘tkazilganda shaklini o‘zgarishsiz saqlaydi;
– Tayorlangan matnni shrift, mavzular, tematikalar (oglavleniye), bo‘limlarni nomerlash tashqaridan, ya’ni matn ichiga kirmasdan buyruq asosida bajarilishini tashkil etadi;
– Abzaslarni sozlash va matematik formulalarni kiritishni yuqori darajada amalga oshirish imkoniyatini beradi;
– Tayorlangan matnli informatsiyani qabul qilish va qayta ishlash uchun bir tizimdagi kompyuter tanlash shart emas, matnni ixtiyoriy turdagi printerda o‘zgarishsiz chop etilishi ta’minlaydi.
Tizimda quyidagi kamchiliklar kuzatiladi:
– Matnni qayta ishlashda kundalik foydalanilayotgan matn redaktorlari singari matn ko‘rinishini bevosita kuzatish imkoniyati mavjud emas;
– Matn ko‘rinishini tubdan o‘zgartirish uchun matn strukturasini qayta ko‘rib chiqish zarur.
– Matnga jadval, grafik yoki tasvirni joylashtirish uchun maxsus buyruqlarga murojat qilish zarur bo‘ladi.