Yuqorida takidlab o‘tdikki, LaTeX bu tizim, tizim o‘z faoliyatini uchta sanab o‘tilgan dasturlar asosida olib boradi. Tizim ishlashi uchun dasturlar birligini tashkil etish kerak. Buning uchun hozirda keng qo’llanilayotgan TeXMakerni sozlash yetarli.
TeXMakerni ishga tushishi bilan ekranda uni quyidagi interfeys xosil bo‘ladi:
Rasm 2.1. TeXMaker asosiy oynasi.
Rasm2.1.da: 1- matn va buyruqlarni kiritish maydoni, 2- kompanovka davrida buyruqlarni mashina tiliga o‘tkazish jarayonini ko‘rsatish maydoni, 3- tayyorlangan matni ko‘rish maydoni, 4- matni qayta ishlash dasturini strukturasini ko‘rsatib turish maydoni, 5- interfeysni instrumentlarini o‘z ichiga olgan bo‘limlarni ko‘rsatuvchi qatori, 6- interfeys instrumentlarini ishga tushirish qatori.
TeXMakerni sozlash uchun interfeysni «5» qatoridan «настройка» bo‘limini sichqoncha yordamida ochamiz, ekranda quyidagi xosil bo‘ladi: