Все науки. №8, 2022. Международный научный журнал - страница 19

Шрифт
Интервал


Ключевые слова: инновация, технология, новые методы, характеристика.

Annotation. In general secondary schools, technology classes are one of the academic disciplines in which the most time is spent at school. Technology consists in the process of mental and physical actions – labor activity performed by students under the guidance of a teacher, the final result of which is an educational discipline aimed at developing their personal qualities and thinking, which allows them to acquire knowledge about the tools, tools and processes of labor, as well as the necessary practical skills and abilities to perform

Keywords: innovation, technology, new techniques, characteristics.

Bu fan umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’zoq muddat, ya’ni birinchi sinfdan to oxirgi sinfgacha bo’lgan davr ichida o’qitilishi bilan o’quvchilar faoliyatida va maktab hayotida o’ziga xos muhim ahamiyatga egadir. Bunda texnologiya fani darslari uch bosqichda tashkil etilib, ulardan ko’zlangan maqsad o’quvchilarni jismoniy tomondan to’g’ri rivojlantirish, mehnat olami va kishilari, mehnat qurollari va amallari, asosiy ishlab chiqarish sohalari va kasblar bilan tanishtirish, ish qurollaridan foydalanish, oddiy buyumlarni yasashga oid mehnat malakalarini hosil qilish, ongli ravishda kasb tanlashga yo’naltirishdan iborat. Yuqorida aytilgan bosqichlardan har birini oldiga qo’yilgan aniq vazifalar mavjud.

Jumladan, 1-bosqichda 1-4-sinflardagi texnologiya darslarida o’quvchilarga kishilarning hayotida mehnatning tutgan o’rni, eng sodda mehnat amallari va ish qurollari, ulardan foydalanishga oid dastlabki mahlumotlar beriladi. Qog’oz, yelim, gazlama, ip, plastilin kabi materiallardan igna, qaychi, pichoq kabi mehnat qurollari yordamida sodda buyumlar, o’yinchoqlar yasash, tayyorlash orqali ularda dastlabki mehnat ko’nikmalari shakllantiriladi.

2-bosqich darslari 5-7-sinflardagi texnologiya darslaridan iborat. Bu bosqichdagi texnologiya darslari texnologiya va dizayn (yog’ochlarga, plast-massalarga va metallarga ishlov berish texnologiyalari, elektrotexnik va tahmirlash ishlari), servis xizmati (pazandachilik va gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi, tikuv buyumlarini tahmirlash) hamda umumlashgan yo’nalishlarda tashkil etiladi. Bular ishlab chiqarishning eng muhim ko’rinishlari bo’lib, deyarli hamma sohalarda qo’llaniladi. SHu sababli 5-7-sinflardagi bu mashg’ulotlarda o’quvchilarga ishlab chiqarishning asosiy bo’g’inlari bo’lgan yog’och, plastmassa, polimer, metall, gazlama kabi materiallarga hamda oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish va taom tayyorlash, elektrotexnik ishlar va tahmirlash ishlariga oid dastlabki umumiy bilimlar beriladi, mehnat ko’nikmalari hosil qilinadi. Kelgusida ularni biror kasbni ongli ravishda tanlashga yo’naltiriladi.