Все науки. №8, 2022. Международный научный журнал - страница 22

Шрифт
Интервал


Bunda o’quvchilarga kasb turlari, ularning o’ziga xos tomonlari orqali, kasb tanlashda nimalarga e’tibor berish zarurligi haqidagi ma’lumotlar ham o’rgatiladi. Bu kasblardan qaysi birini tanlash o’quvchilarning o’zlariga havola etiladi. Mazkur texnologiya darslarini o’qitishdan oldinga qo’yilgan asosiy maqsad o’quvchilarning aqliy va jismoniy tomondan to’g’ri rivojlanishini ta’minlash, amaliy ish bajarish malakalarini tarkib toptirish hamda ijodiy qobiliyatlarini o’stirishdir. Bundan quyidagi maqsad va vazifalar kelib chiqadi:

– o’quvchilarda umummehnat ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, kasbiy moyilliklariga ko’ra, kasb-hunar turlarini tanlashga asos bo’ladigan hislatlarini, umummehnat madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish;

– o’quvchilar tomonidan bajariladigan, moddiy nehmatlar yaratishga qaratilgan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bo’lib, ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi bilim-larini hamda mahlum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini va malakalarini egalashlariga, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo’lida mehnat faoliyatiga qo’shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakko’rlarini rivojlantirishga qaratilgan.

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib borilayotgan hozirgi davrda kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda, ta’lim samaradorligini oshirish borasida mavjud bo’lgan xulosalar va tavsiyalarni amalda qo’llashga ehtiyoj tug’ilmoqda.

Xususan uch bosqichda amalga oshirilayotgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko’zda tutilgan asosiy maqsadlardan yana biri bozor iqtisodiyotiga o’tish davriga moslasha oladigan, raqobatdosh, faol va ijodkor shaxslarni shakllantirishdan iborat/1/.

Binobarin, Prezidentimiz tomonidan 2020-yil yil 6-noyabrdida imzolangan «O’zbekistonning yangi tarqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6108 Farmonda ham «Mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g’oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo’lgan, intellektuaal va mahnaviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo’lishlari uchun zarur ko’nikma va bilimlar bo’lishini shakllantirish» mazkur sohadagi asosiy yo’nalishlardan biri sifatida belgilangan. SHuningdek, Prezident Farmoni va Qarorlarida shuningdek, asarlarida mamlakatimiz ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o’qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo’lgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, o’quvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, tizimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish masalalarini o’rganish va ijrosini ta’minlashning kun tartibidagi asosiy masalasi sifatida qaralmoqda /2—7/.