Все науки. №8, 2022. Международный научный журнал - страница 23

Шрифт
Интервал


Bu masala boshqa fanlar qatori texnologiya fanini o’qitishda ham asosiy vazifa hisoblanadi. Buning uchun esa o’qitish jarayonida ta’lim metodlaridan unumli va oqilona foydalanish hamda bu metodlarini takomillashtirish, yangilarini izlab topish va o’qitish jarayoniga tadbiq etish orqali texnologiya fani mashg’ulotlarining samaradorligini oshirish talab qilinadi. SHu sababli bugungi kunda ta’lim-tarbiya sohasidagi asosiy dolzarb masala – ta’lim metodlari va shakllarini yaxshi egallagan, ularni amalda ahborot kommuniktsiya vositalaridan qiynalmay fodlana oladigan oladigan malakali pedagog kadrlarni tayyorlashdan iborat bo’lib qolmoqda. CHunki, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish, ularni kasblarga yo’naltirishda o’qituvchi shaxsi va uning faoliyati alohida ahamiyatga egadir. Binobarin, o’qituvchi olib boradigan ochiq muloqot tarzidagi mashg’ulot jarayonini boshqa hech narsa bosa olmaydi. SHu sababli ham malakali yetuk o’qituvchi kadrlar tayyorlash uchun, ularning kasbiy mahoratini oshirish uchun ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish muhim omil hisoblanadi.

Jahonda ta’lim eng noyob kapital sifatida qadrlanayotgan bugungi sharoitda «ta’limning hamma bosqichlarida, ta’lim natijalarini baholash samaradorligini oshirish va usullarini takomillashtirish mexanizmlarini joriy etish orqali barcha insonlar uchun ularning hayoti davomida sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratishni dolzarb vazifa qilib qo’ymoqda»/ 8/.

Jahon hamjamiyatining asosiy maqsadini amalga oshirish kelajak yosh avlodni tarbiyalash, ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va uni boshqaruv mehanizmini takomillashtirish bo’yicha olib borilgan dars jarayonidagi boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasi nuqtai nazaridan yondashish zarurati tug’ilmoqda. Bu esa fan o’qituvchisidan yanada yuksak mashuliyat, o’z ustida mustaqil ishlash va doimiy malakasini oshirib borish bilan o’zining kompetentlilik darajasini muntazam ko’tarib borishni taqazo etadi.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlardan ko’zlangan maqsadga erishishda Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining samaradorligini zamonaviy talablar asosida oshirib borish vazifalarini qo’yadi. Ushbu muammoni bartaraf etishda o’qituvchilardan avvalol istak, hohish – iroda, yuksak kasbiy salohiyat va insoniy ijobiy fazilatlarga ega bo’lish talab etiladi.