Arduino platformasi va elektron ijodkorlik. O’quv qo’llanma - страница 4

Шрифт
Интервал


Boshlanishda 250 mingta Arduino komplekti sotildi. Dunyoda Arduino mahsuloti bilan katta kompaniyalar SparkFun Electronicsdan tortib to kichik kompaniyalar shug‘ullanuvchilar distribyutorlar soni 200dan ortiq. Hozirda Arduino platformasi bitta bo‘lmasdan, bir qator oilasi mavjud. O’zlarining loyihalarida Arduino UNO, yangi quvvatli muhitga ega bo‘lgan modellardan, Arduino Mega, kompat modeli Arduino Nano, suv o‘tkazmaydigan qutiga joylashtirilgan – LilyPad Arduino, Cortex – M3 ARM 32 razryad protsessorli Arduino Due yangi versiyalari mavjud.

Arduinoda loyihalar yaratishda Processing tilidan va Wiring platformasidan foydalandi. Arduino platformasi yaratilishi natijasida foydalanuvchi uchun qulay muhit yaratildi. Arduino yaratilgungacha mikrokontrollerni programmalashtirish uchun ko‘plab mehnat qilish kerak edi. Arduino yaratilishi natijasida elektron qurilmalar bo‘yicha tajribaga ega bo‘lmasdan ham, elektronika olamiga kirish mumkin. Havaskor ko‘p vaqt sarf qilmasdan qisqa vaqt ichida ishchi holatdagi qurilmalarni loyihalashi va ishlatishi mumkin.

Massimo Bansi fikricha 50 yil oldin programmani yozish uchun oq holatdagi bir qator programmistlardan iborat bo‘lgan komanda va elektron lampalarni biluvchi mutaxasislar kerak edi. Arduino yaratilishi natijasida, ko‘plab insonlar uchun mustaqil holda loyihalarini yaratish imkoni yuzaga keldi. Elektronikaga qiziqqan inson Arduino platformasi yordamida o‘zining yangi loyiha va qurilmalarini yaratish imkoni yuzaga keldi.

I -bob. ARDUINO PLATASINING VERSIYALARI

Arduino platasining bir qator versiyalari mavjud. Arduino platasining asosiy versiyalarining modellari qo‘yidagilar:

1. Due – Cortex-M3 ARM SAM3U4E mikroprotsessori 32-bit ARM bazasi asosidagi plata;

2. Leonardo – ATmega32U4 mikrokontrolleri asosidagi plata;

3. UNO —Arduino platformasi asosidagi eng ko‘p qo‘llaniladigan versiya;

4. Duemilanove—ATmega168 yoki ATmega328 mikrokontrollere asosidagi plata;

5. Diecimila —Arduino USB platformasi asosidagi versiya;

6. Nano – maket sifatida ishlovchi kompakt platforma. Nano kompyuteri USB Mini – B kabeli orqali ulanadi;

7. Mega ADK – na Android telefoni va boshqa USB interfeysli qurilmalarda aloqani USB-host interfeysini qo‘llovchi Mega 2560 versiyali plata;

8. Mega 2560 – USB-port orqali ketma-ket ulanuvchi ATMega8U2 chipi asosidagi ATmega 2560 mikrokontrolleri bazasidagi plata;