Arduinoning qulayligi. Foydalanuvchilar zamonaviy kompyuterda ishlashda, shaxsiy kompyuterning ayrim qismlarining funksiyalarini bilishi shart emas. Arduino tarmoqqa ulab programma ishga tushiriladi, natijada sxema ishlashni boshlaydi. Xuddi shunday Arduinoda ham, uning tuzilishi va ishlash prinsipini o‘rganmasdan, o‘quvchi, talaba va yoshlar o‘zining loyihalari ustida ishlaydi. Shu bilan birga tugallangan plata va modulni yaratishga xojat qolmaydi. Ixtirochi tayyor kengaytirilgan platadan foydalanishi yoki kerakli detallarni to‘g‘ridan – to‘g‘ri Arduinoga ulashi mumkin. Qolgan kuchni loyihalash va boshqaruvchi programmani sozlashga sarf qilinadi. Natijada mikroprotsessorda loyihalar yaratish professionallar emas, balki havaskorlar ham loyihalash imkoni yaratiladi. Tayyor modullar va programmalar bibliotekasi bo‘lishi, havaskorlarga o‘zlarining ishlovchi qurilmalarini loyihalash va ishlatish imkonini berdi. Arduino platformasidan foydalanib, elektron qurilmalar yaratish, o‘quv jarayonida qo‘llash, robortlar yaratish imkonini beradi.
Arduinoni yaratilish tarixi. 2002 – yili Italiyalik programmist Massimo Bansi (Massimo Banzi) Ivera (Interaction Design Institute Ivrea, IDII) shahridagi loyihalash institutiga dotsent lavozimiga ishga qabul qilindi. Uning maqsadi yangi interaktiv loyihalar usulini yaratishdan iborat edi. Biroq uning mablag‘i kamligi va laboratoriyaga kirishga ruhsati yo‘qligi hamda vaqti kamligi sababli, uning imkoniyati cheklangan edi.
Bansi o‘zining loyihalarida Koliforniya Parallax kompaniyasi ishlab chiqargan kichik plataga o‘rnatilgan ta’minlash manbasi, xotiraga ega bo‘lgan mikrokontroller, turli xil qurilmalarga ulashga mo’ljallangan kirish va chiqish portlari ega bo‘lgan BASIC Stamp qurilmasidan foydalangan. Mikrokontrollerni programmalashtirish BASIC tilida amalga oshirilgan. BASIC Stampda ikkita muammo bor edi: birinchidan uning hisoblash quvvati kam va nisbatan qimmat 100 dollor edi. Bu talabalarga qimmatlik qilar edi.
Bansi mustaqil ravishda yuqoridagi shartlarga javob beruvchi platani yaratishga qaror qildi. Bansi o‘zining xodimlari bilan sodda, ochiq va talaba va yoshlar cho‘ntagiga bob 30 dollor atrofidagi qurilma yaratishni maqsad qilib qo‘ydi. Ular boshqa ishlab chiqaruvchilardan farqli, chiqiqlarni iqtisod qilmasdan ularni ko‘paytirdi va rangini odatiy yashil rangdan farqli ko‘k rangda qilishga qaror qildi. Ular tomonidan tayyorlangan qurilma arzon va ko‘plab topiluvchi komponentlardan iborat bo‘lib, ATmega328 mikrokontrolleri bazasida tayyorlangan. Ularning asosiy maqsadlaridan biri foydalanuvchi plug-and-play prinsipiga ko‘ra qurilmani qutidan olib, kompyuterga ulagan zamon ishga tushishi kerak edi. Birinchi prtotatipi 2005 yili tayyorlanib, oddiy dizaynga ega bo‘lib Arduino deb nomlandi. Keyinchalik Massimo Bansi Ivrea shahrida joylashgan o‘zining bari nomiga qurilmani «Arduino» deb nomladi. «Arduino» brendi hech qanday reklamasiz va marketingni talab qilmasdan internet orqali ommabop bo‘ldi.