Arduino platformasi va elektron ijodkorlik. O’quv qo’llanma - страница 5

Шрифт
Интервал


9. Mega – ATmega 1280 mikrokontrolleri bazasidagi Mega seriyali versiyasi;

10. ArduinoBT – programmalashtirish va simsiz aloqa uchun Bluetooth moduli platforma;

11. LilyPad – tabiiy tola materiallariga biriktiriluvchi platforma;

12. Fio – simsiz uzatish uchun mo‘ljallangan platforma. Fio XBee radio uchun ulash uyasi, LiPo batareyasi zaryadlash uchun ulash uyasi mavjud;

13. Mini – eng kichik Arduino platformasi;

14. Pro – tajribali qo‘llanuvchilar uchun yaratilgan platforma bo‘lib, katta proektlarni yaratish imkoni mavjud;

15. Pro Mini – Pro platformasi singani, tajribali qo‘llanuvchilar ishlab chiqilgan bo‘lib, uning narxi arzon, o‘lchami kichik va qo‘shimcha funksiyalari mavjud.

1.1. ProMini Arduinosi

Arduino Pro Mini (1.1-rasm) ATmega168 mikrokontrolleri asosida tayyorlangan.


1.1-rasm. Pro Mini Arduino platasi


1.1-jadvalda Pro Mini Arduino platasining xarakteristikalari keltirilgan.



Arduino Pro Mini FTDI kabel orqali ta’minlanadi, yoki VCC chiqiq orqali

3,3V yoki 5V kuchlanish bilan va RAW chiqiq orqali boshqarilmaydigan manba orqali ta’minlanadi.

Ta’minlash chiqiqlari:

1. RAW – boshqarilmaydigan kuchlanish orqali ulash;

2. VCC – 3,3V yoki 5V boshqariladigan kuchlanishni ulash;

3. GND – yerga ulash chiqiqlari.

1.2.Nano Arduinosi

ATmega168 (Arduino Nano2.x) mikrokontrolleri Nano platformasi (1.2-rasm), ATmega 328 (ArduinoNano 3.0) yoki asosida tuzilgan, bo‘lib kichik o‘lchamga va u laboratoriya ishlarida qo‘llaniladi. Nano Arduino platasi kompyuterga ulangan USB Mini orqali kuchlanish olinishi mumkin yoki boshqarilmaydigan 6—20V (30 chiqiq) yoki boshqariluvchi 5V (27 chiqiq), tashqi ta’minlash manbasidan olinadi. Yuqori kuchlanshli manba avtomatik tanlanadi.


1.2-rasm. Nano Arduino platasi


Nano Arduino platasining xarakteristikalari 1.2-jadvalda keltirilgan.


1.3. UNO Arduinosi

UNO Arduino platformasi ATmega328 (1.3-rasm) mikrokontrolleri asosida tuzilgan. Kompyuter bilan aloqa qilish uchun FTDI USB mikrokontroller USB orqali ulanadi. Yangi UNO Arduinsida ATmega8U2 mikrokontrollerdan foydalaniladi.


1.3-rasm. UNO Arduino platasi


UNO Arduino platasining xarakteristikalari 1.3-jadvalda keltirilgan.


1.4. Mega Arduinosi

Mega Arduinosi Atmega 2560. (1.4-rasm) mikrokontrolleri asosida tuzilgan.


1.4-rasm. Mega Arduino platasi


Mega Arduino platasining xarakteristikalari 1.4-jadvalda keltirilgan.